"Everton" Grilish transferini e’lon qildi

  • 12 avgust, 22:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish "Manchester Siti"dan "Everton"ga ijara asosida o‘tdi. 29 yoshli futbolchi mersesaydliklar tarkibida 2025/26 yilgi mavsumni o‘tkazadi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Everton" uni 50 million funt evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

Grilish 2021 yilda "Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga 100 million funt evaziga ko‘chib o‘tgan. U to‘rt mavsum davomida jamoa bilan 7 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan Chempionlar ligasi va uch marta Angliya chempionligini.

Eslatib o‘tamiz, Jek o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan, 1 ta golga uzatma bergan va 3 ta sariq kartochka olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!