Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Evroda bu natijada Ronalduga etadigani yo‘q

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Krishtianu 1-tur yakuniga ko‘ra ofsaydlar soni bo‘yicha birinchi bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu “Evro-2024” 1-turi yakuniga ko‘ra ofsaydlar soni bo‘yicha birinchi bo‘ldi.

Chexiya bilan o‘yinda Portugaliya terma jamoasi forvardi 3 marta o‘yindan tashqarida qolib ketdi. Ana shunday epizodlardan birida, Diego Jotaning 87-daqiqada urgan goli bekor qilindi.

Guruh bosqichining birinchi turida Ronaldudan ko‘ra ko‘proq ofsayd holati qayt etilgan futbolchi topilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi 1-turda Chexiyani kichik kambek evaziga 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q