
Evropa jamoalari Braziliyaning qo‘rqinchli tushiga aylandi, xorvatlar esa kambekshunos jamoa
Biroz oldin chorak finalning ilk o‘yinida Xorvatiya Braziliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.
Bu bilan xorvatlar o‘z tarixida uchinchi marta (1998 va 2018 yillarda ham) jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi, agar 1998 yildangina hisoblasak, faqat Germaniya "shashkachilar"dan ko‘proq jahon chempionati yarim finaliga chiqqan (4), Frantsiya (3).
Braziliya JCh-2002 finalida Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin Evropa termalariga qarshi so‘nggi olti o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Xorvatiya JCh-2018dan beri so‘nggi to‘qqizta uchrashuvining ettitasida birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubora turib yakunda g‘alabani ilib ketdi. Ularning faqat bittasida mag‘lub bo‘ldi xolos (JCh-2018 finalida Frantsiyaga qarshi 2:4).
Fikrlar