Yevropada “Arsenal”ni yengadigan jamoa topilmadi
Londonning “Arsenal” jamoasi UEFA Chempionlar ligasi chorak finali javob oʻyinida “Sporting” bilan durang (0:0) oʻynadi va turnir yarim finaliga chiqdi, chunki birinchi uchrashuvda “kanonirlar” lissabonliklar maydonidan 1:0 hisobidagi gʻalaba bilan qaytgan edi.
Shu tariqa, Mikel Arteta shogirdlari Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi 12 ta uchrashuvda birorta ham magʻlubiyatga uchramadi.
Guruh bosqichida londonliklar “Atletik Bilbao” (2:0), “Olimpiakos” (2:0), “Atletiko Madrid” (4:0), “Slaviya” (3:0), “Bavariya” (3:1), “Bryugge” (3:0), “Inter” (3:1) va “Qayrat” (3:2) ustidan zafar quchgandi.
1/8 finalda ikki uchrashuv natijasiga koʻra, “Bayer” (1:1, 2:0) futbolchilarini musobaqadan chiqarib yubordi. Endi “Sporting” vakillari APL peshqadami ustunligini tan olishiga toʻgʻri keldi.
Yarim finalda “Arsenal” yana Madridning “Atletiko” jamoasi bilan uchrashadi.
Joriy musobaqa finali Vengriyaning Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadionida boʻlib oʻtadi.Hal qiluvchi oʻyin 2026 yil 30 may kuniga belgilangan.

Fikrlar