Fabio Kapello: "Galaktikoslar" yana “Real”ga qaytdi

  • 19.06.2019 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik mashhur mutaxassis va “Real” Madrid klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello “qirollik klubi”ning joriy yozgi transferlar davrida amalga oshirgan xaridlari haqida gapirdi.

“Galaktikoslar yana “Real”ga qaytdi. Ulardan biri – Azar. Men ular qaysi futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini bilaman va ular jamoaga yordam beradi deb o‘ylayman. “Real”ga g‘alabaga chanqoq yangi futbolchilar kerak edi”, - deydi Kapello.

Eslatib o‘tamiz, "Real" yozgi transferlar davrida Eden Azar, Luka Yovich, Ferlan Mendi, Eder Militao va Rodrigo kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Kapello 1996-1997 hamda 2006-2007 yillarda "Real"ni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!