Fabregas A Seriyada sensatsiya ko‘tardi

  • 25.05.2026 05:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik mashhur futbolchi Sesk Fabregas murabbiylik faoliyatida ham dastlabki katta natijasini qo‘lga kiritdi.

Hali Italiya futbolida katta yutuqlarni qo‘lga kiritmagan kamtargina “Komo” jamoasini boshqargan Fabregas qisqa fursatda shogirdlarini Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqdi.

Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash so‘nggi turda yechim topdi. “Komo” A Seriya 38-turida “Kremoneze”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va klub tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

To‘rtinchi uchun kurashda “Komo”ga raqiblik qilgan jamoalarning ochko yo‘qotishi Sesk Fabregasning chempionatni shov-shuvli natija bilan yakunlashini ta’minladi. Xususan, “Milan” o‘z uyida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, “Yuventus” safarda ikki ochko yo‘qotdi va har ikki jamoa Chempionlar ligasidan quruq qolib, Yevropa ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Sesk Fabregas jamoani 2024 yilning yozida qabul qilib olgan edi. O‘tgan mavsumda bosh murabbiy sifatida debut qilgan murabbiy shogirdlari A Seriyada 10-o‘rinni egallagandi. Fabregas yaqinda quyi ligada o‘ynab yurgan jamoani ikki yil ichida qit’aning eng nufuzli turniriga olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!