Fabritsio Romano: Xabi Alonso "Bayer"da qoladi

  • 29.03.2024 15:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Ko‘plab klublar qiziqish bildirayotgan Xabi Alonso yana bir mavsum "Bayer"da qoladigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, murabbiy 2025 yilgacha leverkuzenliklarni boshqarishni istamoqda. Ispaniyalik mutaxassisga jamoalar yana bir yildan so‘ng aloqaga chiqishi mumkin. O‘shanda uning tovon puli ham bo‘ladi. 

Xabi uchun asosiy da’vogarlar "Liverpul" va "Bavariya" edi. Ular Alonsoning qolishidan xabardor qilindi va endi klublar boshqa murabbiy izlashni boshlashdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!