
Fayzullaev muxlislariga yaxshi xabar!
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Rossi Premer-ligasini alohida qiziqish bilan kuzatib boradi. Chunki bu mamlakatda har doim o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari yorqin faoliyat yuritib kelgan.
O‘tgan mavsumda Abbosbek Fayzullaev TsSKAda, Rustamjon Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev “Rubin”da to‘p tergan bo‘lsa, joriy chempionatda legionerlarimiz safi kengaydi. Xususan, Premer-liga debyutanti “Akron” o‘z safiga Sherzod Esonovni qo‘shib oldi, Alisher Odilov faoliyatini “Ximki”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Rossiyadagi legionerlar orasida eng yorqin o‘yin ko‘rsatayotgani Abbosbek Fayzullaev bo‘lib turibdi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan va maxsus sovrin bilan taqdirlangan edi.
Endi Abbosbek Fayzullaevning muxlislari yana bir xushxabarni nishonlashlari mumkin.
Rossiya futbol ittifoqi 2023-2024 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha an’anaviy tarzda tuziladigan eng zo‘r 33 nafar futbolchi ro‘yxatini tasdiqladi. Abbosbek Fayzullaev legioner sifatidagi debyut mavsumidayoq eng kuchli futbolchilar qatoridan joy oldi.
Rasman e’lon qilingan umumiy ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabonlar: Matvey Safonov («Krasnodar»), Ilya Lantratov («Lokomotiv», Moskva), Evgeniy Latishonok («Baltika», Kaliningrad).
O‘ng qanot himoyachilari: Sergey Volkov («Krasnodar»), Vyacheslav Karavaev («Zenit», Sankt-Peterburg), Aleksandr Silyanov («Lokomotiv», Moskva).
O‘ng tomon markaziy himoyachilari: Villian Rosha (TsSKA, Moskva), Straxinya Erakovich («Zenit», Sankt-Peterburg), Aleksandr Soldatenkov («Krilya Sovetov», Samara).
Chap tomon markaziy himoyachilari: Xunior Alonso («Krasnodar»), Moyzes Barboza (TsSKA, Moskva), Maksim Osipenko («Rostov», Rostov).
Chap qanot himoyachilari: Duglas Santos («Zenit», Sankt-Peterburg), Yuriy Gorshkov («Krilya Sovetov», Samara), Daniil Xlusevich («Spartak», Moskva).
O‘ng qanot yarim himoyachilari: Maksim Glushenkov («Lokomotiv», Moskva), Benxamin Garre («Krilya Sovetov», Samara), Ivan Oblyakov (TsSKA, Moskva).
O‘ng tomon markaziy yarim himoyachilari: Vilmar Barrios («Zenit», Sankt-Peterburg), Klaudino («Zenit», Sankt-Peterburg), Daniil Glebov («Rostov», Rostov).
Chap tomon markaziy yarim himoyachilari: Vendel («Zenit», Sankt-Peterburg), Eduard Spertsyan («Krasnodar»), Diego Laksalt («Dinamo», Moskva).
Chap qanot yarim himoyachilari: Muhammad Moxebi («Rostov», Rostov), Abbosbek Fayzullaev (TsSKA, Moskva), Andrey Mostovoy («Zenit», Sankt-Peterburg).
O‘ng qanot hujumchilari: Mateo Kasserra («Zenit», Sankt-Peterburg), Jon Kordoba («Krasnodar»), Fyodor Chalov (TsSKA, Moskva).
Chap qanot hujumchilari: Konstantin Tyukavin («Dinamo», Moskva), Mirlind Daku («Rubin», Qozon), Ivan Sergeev («Zenit», Sankt-Peterburg).
Abbosbek Fayzullaev o‘tgan mavsum Premer-ligada 22 ta uchrashuv ishtirok etib, to‘rtta gol va 11 ta assits qayd etdi. Rossiya kubogida esa, o‘nta bellashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va uchta golli pas rasmiylashtirdi.
Futbolchilar qayta baholanadi: Shomurodovning yangi ustozi jamoani o‘zgartira boshladi!
Husanovga qaerda o‘ynashni aytishdi!
Fikrlar