Fayzullaev o‘z jamoasini topdi!

  • 22 noyabr, 2024, 08:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abbosbek Fayzullaev uchun bu mavsum ham muvaffaqiyatli o‘tmoqda. 21 yoshli hujumkor futbolchimiz klub tarkibida ham, milliy terma jamoa safida ham sermahsul o‘yin ko‘rsatyapti.

Xususan, yangi mavsumda TsSKA safida barcha turnirlarda 19 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyida o‘tkazgan ikkita rasmiy uchrashuvida Abbos o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

Fayzullaev klub va xalqaro miqyosdagi faoliyati tufayli Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’aning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini bilan taqdirlangani ham hamyurtimizning e’tirof va e’tiborda ekanidan dalolat beradi.

Rossiya futbolidagi taniqli shaxs, tajribali murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy Abbosbek Fayzullaev haqida iliq fikr bildirdi.

- Menga Abbosbek Fayzullaev juda yoqadi. U yaxshi yigit, aqlli, juda zo‘r sifatlarga ega.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining umumiy suratga tushish jarayonida TsSKA libosini kiyib olgani uning klubga bo‘lgan munosabatini namoyon qiladi. Men uchun bu o‘ziga xos kashfiyot va yangilik bo‘ldi.

Fayzullaev – “armiyachilar”ning etakchi o‘yinchilaridan biri. Bu jamoada kreativ futbolchilar jamlangan.

Abbos jamoaga tezlik olib keldi, kerakli vaziyatlarda kutilmagan echimlar topadi, ustunlikka erishadi.

Fayzullaevning TsSKA o‘tgani unga muvaffaqiyat keltirdi, Abbos o‘z jamoasini topdi va shuning uchun ham borgan sari o‘yini ochilyapti, o‘zi esa o‘smoqda, - dedi Valeriy Nepomnyashchiy.

Rossiyalik mutaxassis o‘zbek futboliga befarq emas. Valeriy Kuzmich 2006 yilda “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan.

Abbosbek Fayzullaev aynan “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. TsSKA uni 2023 yilning avgustida 500 ming evro evaziga transfer qilgan. Bugungi kunda 21 yoshli legioner 6 million evroga baholanmoqda.

“Roma” shov-shuvli transferga qo‘l urmoqda: Shomurodov o‘rniga “Real” yulduzi keladi

Fayzullaev Evropaga ketyaptimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!