
Fayzullaev qanday qizga uylanishini aytdi
Abbosbek Fayzullaev — O‘zbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.
2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi.
Sports.uz portali ushbu intervyuning bir necha qismda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
1-Qism:
Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...
2- Qism:
Fayzullaev: Xudo bersa, “Barselona”ga boraman!
3-Qism:
Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...
4-Qism:
Fayzullaev: Yaqinlarimni Monakoga olib ketaman!
5-qism:
Husanov PSJ yoki “Tottenxem”da o‘ynaydi...
Davomi:
— Dam olish kunlarini qanday o‘tkazasan?
— Do‘stlarim bilan saunaga borishim mumkin. Moskvada sovuqligi uchun shunga o‘rgandim. Lekin ko‘proq, sport zalga boraman.
— Tungi klubga hech borganmisan?
— Yo‘q, ko‘proq choyxonaga boraman.
— Kiyim-kechak olishga borasanmi? Oston O‘runov TsUMdan olgan narsalarining suratlari bilan mashhur bo‘lib ketgandi...
— Kiyim va krossovkalar – nozik nuqtam. Brendlardan olishim mumkin, lekin suratini qo‘ymayman.
— Kokorin o‘ziga 15000 dollarga krossovka olgandi. Sen eng qimmat olgan krossovkalar qancha turadi?
— Travis va Louis Vuitton brendlaridan krossovkalarim bor. Eng qimmati 1500 dollar turadi. Ularni Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan olib keladiganlarga buyurtma qilaman.
— Mashinang bormi?
— Moskvada yo‘q, O‘zbekistonda oddiygina Gentra bor. Qimmatbaho mashinani nima qilaman? Shunchaki turgandan nima naf? O‘zbekistonda juda kam bo‘laman.
— Mosvkada oyiga 4000-5000 million sarflayman degan eding. Nimalarga ketadi bu pul?
— Kvartira, taksi va ovqatga. Ota-onamga ham etarli darajada pul jo‘nataman.
— Moskvada mazali palov bormi? Joyini aytvor...
— “Aziya” choyxonasi. U erda tanishlarim osh damlaydi, bayramlarda asosan ularga buyurtma beraman. Jamoaga olib kelganimda hammaga yoqqan edi.
— O‘zbekistonda erkaklar va ayollar munosabatida konservativ qarashlar ustun. Shaxsiy hayotingni kim bilan qurgan bo‘larding?
— Men faqat muslima qizga uylanaman.
— Moskvada qizlar tanishgani keldimi?
— Yo‘q, faqat suratga tushishdi. Ba’zan ijtimoiy tarmoqlardan yozishadi, ularga e’tibor bermayman.
— Olimpiada orzu edi. Bu ro‘yobga chiqdi. Endi qanday orzularing qoldi?
— Evropaning top-klubida o‘ynash va Chempionlar ligasida g‘olib chiqish. Milliy terma jamoa bilan jahon chempionatida ishtirok etish. Bularga erishishga qurbim etadi, deb chin dildan ishonaman.
— Bir yildan keyin qaerda bo‘lasan?
— Buni faqat Alloh biladi. Umid qilamanki, maydonda bo‘laman.
Fikrlar