Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Fayzullaev qishda TsSKAdan ketadimi?

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Fayzullaevning agenti bu haqida javob berdi

O‘zbekiston terma jamoasi va TsSKA a’zosi Abbosbek Fayzullaev qishki transfer oynasida "armiyachilar" jamoasini tark etmaydi. Bu haqda 20 yoshli futbolchi bilan hamkorlik qiluvchi "ProSports" rahbariyati xabar berdi.

"Biz qishda Fayzullaev bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaymiz. Abbos bilan buni muhokama qildik. Bu qachon bo‘lishi haqida klub bilan umumiy ichki tushunchaga egamiz", - dedi agent Qaxor Mo‘minov "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Fayzullaev moskvaliklar safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va 9ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 4 million evroga baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q