Faizullaevga Germaniyadan jiddiy raqobatchi keldi

  • 30.07.2026 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan “Istanbul Boshakshehir” jamoasi tarkibini kuchaytirib borishga harakat qilmoqda.

Turk klubi Bundesliganing “Volfsburg” klubida o‘ynagan Daniya milliy terma jamoasi qanot hujumchisi Andreas Skov Olsen bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi.

- Klubimiz Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi futbolchisi Andreas Skov Olsinni 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga asosda, keyinchalik majburiy sotib olish sharti bilan o‘z safiga qo‘shib oldi. Daniya milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Andreas Skov Olsinni oilamizga xush kelibsiz deymiz va unga jamoamiz libosidagi faoliyatida  omad tilaymiz, - deyiladi “Istanbul Boshakshehir” klubining rasmiy bayonotida.

Olsen Daniyaning “Nordshelland” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 26 yoshli futbolchi 2019 yildan beri legioner maqomida to‘p surib kelmoqda. U dastlab Italiyanning “Bolonya” klubida uch yarim yil o‘ynadi.

Keyin Belgiya ning “Bryugge” klubiga o‘tdi. “Volfsburg” Olsenni 2025 yil yanvar oyida “Bryugge”dan 14 million yevro evaziga sotib olgan edi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini mohir futbolchi Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasiga ijaraga jo‘natildi.

Shu tariqa, 2025/2026 yilgi mavsumda Olsen Germaniya Bundesligasida 8 ta, Shotlandiya chempionatida esa 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, har ikki musobaqada bitta dan gol urdi.

26 yoshli futbolchi Daniya milliy terma jamoasi safida 40 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol muallifi bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, Andreas Olsennig maydondagi asosiy pozitsiyasi o‘ng qanot hujumchisidir. “Istanbul Boshakshehir”da bir yildan beri o‘ynayotgan Abbosbek Fayzullaev ham aynan mana shu pozitsiya o‘yinchisi hisoblanadi.

Demak, yangi mavsumda Abbosbekni yangi raqobat kutmoqda. Olsen qanot hujumchisi vazifasidan tashqari o‘ng taraf yarim himoyachisi o‘rnida ham o‘ynay oladi. Bu borada Abbosbek Fayzullaevning imkoniyatlari kengroq. O‘zbekistonlik futbolchi o‘ng qanotdan tashqari chap tomonda,  hujumchi ortida va pleymeyker vazifasida ham ishonchli o‘yin namoyish qila oladi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev Rossiyaning CSKA klubidan “Istanbul Boshakshehir”ga ko‘chib o‘tganidan keyin turk jamoasi safida barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘rtta gol va yettita assist muallifi bo‘ldi.

Premyer-liga! O‘rozovning transferi hal bo‘ldi

Shomurodovni mashhur klubda ko‘rishmochi! Eldor har qanday jamoani kuchaytiradi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!