Fayzullaevga ham Mbappening yo‘lini bersin!

  • 12 yanvar, 22:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbolining so‘nggi yillardagi eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan biri  shubhasiz  21 yoshli hujumkor futbolchi Abbosbek Fayzullaevdir.  

Tecno

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi 2023 yilning avgustida Moskvaning TsSKA klubiga ko‘chib o‘tganidan beri Rossiya futbolida ham o‘z nomini tanita oldi. Ayni paytda “armiyachilar” hujum chizig‘ini legionerimizsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Abbosbek 2024 yil davomida O‘zbekistonning milliy va yoshlar terma jamoalarida ham muvaffaqiyatli to‘p tepdi.

Keyingi paytda Fayzullaevning Evropaga ketishi ko‘p muhokama qilinyapti. Yaqinda hamyurtimizga Frantsiyaning “Monako” va Ispaniyaning “Real Sosedad” kabi klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Rossiya futbolining taniqli ekspertlaridan biri Valeriy Masalitin Abbosbek Fayzullaevning TsSKA jamoasi uchun ahamiyatini juda yuqori baholadi va uni Evropaning mashhur o‘yinchilari bilan taqqosladi.

- TsSKA tarkibini tanlashda ko‘p narsa o‘yin davomida qo‘llaniladigan taktikaga bog‘liq bo‘ladi va unga ko‘ra, hatto Abbosbek Fayzullaev ham boshlang‘ich tarkibdan chetda qolishi ham mumkin.

Fayzullaev qanot hujumchisi vazifasini zo‘r barajadi, u to‘pni olishi bilan o‘z oldidagi bo‘sh hududlarni ko‘ra oladi. Bu borada Abbos Mbappega o‘xshaydi. Biroq, Kilian yanada yuqori darajada ekani tabiiy. Buni Abbosning jamoa uchun ahamiyatini ko‘rsatish maqsadida misol qildim.

Agar Fayzullaev maydon markazida o‘ynasa, boshida unga biroz qiyin bo‘ladi. Ammo uni bu rolga moslashtirishsa, unga bu pozitsiyada o‘ynashni o‘rgatishsa, Abbosdan “Bayer” etakchisi Florian Virts darajasidagi charm to‘p ustasi etishib chiqadi. Bu yuz foiz aniq va bunda hech qanday mubolag‘a yo‘q.

Eng muhimi, Abbosning o‘zi bu pozitsiyada o‘zini qanday his qilishida. Ko‘ramiz, bosh murabbiy Marko Nikolich qishki transferlar vaqtida qaydan taktik sxemalarni ishlab chiqib, Fayzullaevga qanday rolni ma’qul ko‘rarkin, – dedi Vladimir Masalatin.

Joriy mavsumdan e’tiboran “Real”da o‘ynayotgan Kilian Mbappe madridliklar safida jami 25 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Frantsiyalik hujumchi ayni paytda 160 million evroga baholanmoqda.

Florian Virts “Bayer” tarkibida mavsum boshidan beri dastlabki 25 ta uchrashuvda 12 ta gol hamda sakkizta assist muallifi bo‘ldi. 21 yoshli hujumkor futbolchining transfer summasi 140 million evroga etdi.

Abbosbek Fayzullaev TsSKA jamoasida joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 marotaba maydonga  tushib, o‘z hisobida  uchta gol va oltita golli pas yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali o‘zbek legionerining transfer summasini olti milliondan 8 million evroga ko‘tardi.

Hamyurtimizning “armiyachilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilab qo‘yilgan.

Husanov fantastik narxga ketadi, xaridor nomi oydinlashib qoldi!

Husanovda Shomurodov bilan bir ligada o‘ynash imkoni paydo bo‘ldi

 

Husanovni Germaniyada kimlar kutmoqda?

“Lans” Husanovning narxini yana oshirdi!

“Roma” Shomurodov bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi!

Husanov, “Real”ga o‘tasanmi yoki “Manchester Siti”ga?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Socceruzb
11/01/2025 21:24
Ёзда аниқ кетиши керак!