Fazliddin G‘oibnazarovning raqibi aniq. U mag‘lub bo‘lmagan bokschiga qarshi jang qiladi

  • 12 may, 2021, 22:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Rio Olimpiadasi chempioni, hozirda professional boksda faoliyat yuritayotgan  Fazliddin G‘oibnazarovning (9-1, 5 KO) 26 iyun kuni AQShda jang qilishi haqida ma’lum qilgandik. Biroq raqibga oydinlik kiritilmagan edi. 

Tecno

Bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpo‘latovning  saytimizga ma’lum qilishicha, raqib ham aniq bo‘lgan. Yurtdoshimiz yaxshi saviyadagi, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan amerikalik bokschi Kuinton Randallga (8-0, 2 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. 

Fazliddin ukrainalik Vasiliy Lomachenko(14-2,10 KO) hamda yaponiyalik Masayoshi Nakatani ( 19-1,13 KO) jangi anderkardida jang qiladi. 

Shu o‘rinda bokschimizga ushbu muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
13/05/2021 02:06
Тезроқ жангларга чиқса яҳши эди ватандошларимиз жангларини соғиндик. Олға Фазлиддин.