Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Fenerbaxche» Etan Mbappega qiziqish bildirmoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Fenerbaxche» 19 yoshli «Lill» yarimhimoyachisi Etan Mbappeni taxminan 12 million yevro evaziga sotib olishga jiddiy qiziqmoqda.

«Lill»ning yosh fransuz yarim himoyachisi Etan Mbappe Turkiyaning top-klublaridan biri qiziqish doirasiga tushdi.

Insayder va jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, 19 yoshli fransuz futbolchisi «Fenerbaxche» safiga o‘tishi mumkin. Turkiya klubi Kilian Mbappening ukasiga qiziqish bildirmoqda.

Ta'kidlash joiz, Etanning «Lill» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Ayni vaqtda mutaxassislar yosh fransuz futbolchisining transfer qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Etan Mbappe joriy mavsumda Frantsiya chempionati doirasida «Lill» safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Bunga qadar Etan «PSJ»da to‘p tepgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q