Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ferran Torres APL klublarini rad etib, PSJni tanladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «Pari Sen-Jermen» bilan kelishib, yaqin kunlarda fransuz klubiga o‘tishi kutilmoqda.

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres yaqin kunlarda «Pari Sen-Jermen» safiga o‘tishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Endi Frantsiya chempioni yaqin vaqt ichida Torres transferi bo‘yicha «Barselona»ga rasmiy taklif yo‘llashni rejalashtirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Ferran Torresga Angliya klublaridan ham ikki taklif bo‘lgan, ammo u o‘z tanlovini aynan «PSJ» foydasiga qilgan.

2025/26 yildgi mavsumda Torres barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali mutaxassislari uning transfer qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q