Ferran Torres: "Endi hammasi o‘z qo‘limizda"
"Barselona" La Liga chempionligi sari yana bir katta qadam tashladi. Kataloniyaliklar derbida "Espan'ol"ni 4:1 hisobida mag'lub etib, jadvaldagi asosiy ta'qibchisi "Real" bilan farqni 9 ochkoga yetkazdi. Bunga madridliklarning "Jirona" bilan 1:1 o'ynagani ham sabab bo'ldi.
Derbi qahramonlaridan biri bo'lgan Ferran Torres ikki gol muallifiga aylandi va chempionlik kurashi haqida ishonchli fikr bildirdi.
"Hammasi o'zimizga bog'liq. Biz juda yaxshi holatdamiz — La Liga bosh sovrinini qo'lga kiritish uchun barcha imkoniyatlar o'z qo'limizda", — dedi ispaniyalik hujumchi.
Hozir "Barselona" hisobida 79 ochko bor va mavsum yakuniga qadar yana 7 tur qolgan. Shunday vaziyatda Flik shogirdlari har bir o'yinni finaldek o'tkazsa, chempionlikni rasm an hal qilib qo'yishi mumkin.
Kataloniya klubi 22 aprel kuni o'z maydonida "Selta"ni qabul qiladi. Unga qadar esa jamoani yanada muhim sinov — 14 aprel kuni "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob bahsi kutib turibdi. Bu o'yin mavsum taqdirini belgilab berishi mumkin.
Fikrlar