Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Fevzi Davletov: "Nimeli tiklanish jarayonida"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

"Surxon" ustozi jamoadagi jaroahtlar haqida gapirdi

O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘lim nazoratimiz ostida o‘tdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, shunchaki ulardan foydalanish kerak edi. Kiritilgan goldan so‘ng himoyaga e’tibor qaratdik. Men futbolchilarga bunday qilish to‘g‘ri emasligini doim ta’kidlab kelaman. Tanaffusdan keyin ham birinchi taymdagi tempni saqlab qolish kerak edi.

Nimeli tiklanish jarayonida. "Bunyodkor"ga qarshi bahsda jismoniy jihatdan biroz oqsadi. Unga biroz vaqt kerak. Karimovni esa vaqtliroq maydonga tashlasak bo‘lardi", - dedi Davletov.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q