FIDE O‘zbekiston yutuqlariga munosabat bildirdi

  • 22.09.2026 06:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE matbuot xizmati Samarqand (Oʻzbekiston) shahrida oʻtayotgan 46-Jahon shaxmat Olimpiadasi-2026ning 7-turidan soʻnggi natijalarni eʼlon qildi.

Maʼlumotga koʻra, ochiq turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi olti turdan soʻng yakka yetakchiga aylandi. Mehmonlarni qabul qilayotgan mezbon jamoa navbatdagi ishonarli gʻalabasini qayd etib, oʻz pozitsiyasini yanada mustahkamladi.

Ayollar oʻrtasidagi musobaqada esa Xitoy terma jamoasi ishonchli harakatini davom ettirdi. Xitoy shaxmatchilari Polsha jamoasini 3,5:0,5 hisobida magʻlub etdi. Qozogʻiston ayollar terma jamoasi esa Ozarbayjon ustidan 2,5:1,5 hisobida gʻalaba qozonib, turnir jadvalida Xitoy bilan birgalikda peshqadamlar safiga qoʻshildi, — deyiladi FIDE Instagram sahifasidagi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 6-turda Jahon shaxmat Olimpiadasida ayollar terma jamoasi tarkibidagi Qozogʻiston shaxmatchilari Ozarbayjonni 2,5:1,5 hisobida yenggan edi. Erkaklar terma jamoasi esa Kolumbiyaga qarshi bahsda 3,5:0,5 hisobida ishonarli gʻalaba qozondi. Shu tur doirasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi ham musobaqa yetakchisi boʻlib turgan Hindiston jamoasini 2,5:1,5 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.

Ushbu natijalardan soʻng ayollar terma jamoalari oʻrtasida Qozogʻiston jamoasi umumiy jadvalda Xitoydan soʻng ikkinchi oʻringa koʻtarildi. Erkaklar oʻrtasida esa Oʻzbekiston terma jamoasi 12 ochko jamgʻargan holda yakka yetakchilikni qoʻlga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!