Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

FIDE reytingi yangilandi. Shaxmatchilarimizda o‘zgarish bormi?

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Yangilanishdan so‘ng vakillarimiz nechanchi o‘rinda?

FIDE reytingi yangilanib, shaxmatchilarimiz deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Faqatgina Javohir Sindarov bir pog‘onaga pastladi.
 
Hozirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2773 ochko bilan ushbu reytingda 6-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, boshqa bir vakilimiz Javohir Sindarov 2706 ball bilan 30-o‘rinni egalladi. 
 
Arjun Erigaisi Germaniya Bundesligasidagi ikkita g‘alabadan so‘ng Karuanani ortda qoldirib, dunyoda 4-o‘rinni egalladi. Fabiano esa o‘z navbatida Amerika kubogida Nakamuraga imkoniyatni boy berib, 5-o‘ringa tushib ketdi. 
 
Magnus Karlsen Norvegiya jamoalar chempionatida g‘alaba qozonganidan keyin 2837 taga ko‘tarilib, 1-o‘rinda qolmoqda. 
 
Mazkur reytinggidagi kuchli 30 lik bilan batafsil tanishing.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q