
FIDE sobiq prezidenti vafot etdi
FIDE sobiq prezidenti Fridrik Olafsson 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sobiq shaxmatchi 1958 yil Islandiya tarixidagi birinchi grossmeysterga aylangan. u 1970 yildagi “Asr o‘yini”da zaxiradan maydonga tushgan va bitta partiyada Vasiliy Smislovga yutqazgan.
Ma’lumot uchun, 1978 yilda FIDE ning to‘rtinchi prezidenti bo‘lgan Olafsson federatsiyani 1982 yilgacha boshqargan.
Fikrlar