FIFA mundialda Eronning joyini o‘zgartirdi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Eron milliy terma jamoasiga 2026 yildgi jahon chempionati davrida mashg‘ulot bazasini AQShdan Meksikaga ko‘chirishga ruxsat berdi.
Bu haqida Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj ma’lum qildi.
Avvaliga Eron milliy terma jamoasining mashg‘ulotlar bazasi AQShning Arizona shtatida joylashishi belgilangan edi.
- Yaxshiyamki, biz yuborgan so‘rovlar, FIFA hamda jahon chempionati rasmiylari bilan uchrashuvlardan keyin jamoa bazasini AQShdan Meksikaga ko‘chirish haqidagi iltimosimiz ma’qullandi.
Biz Meksikaning Tixuana shahridagi lagerda joylashamiz. U Tinch okeani yaqinida va Meksika hamda AQSh chegarasida joylashgan, - dedi Mehdi Toj.
Eron milliy terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr futbolchilari bilan bahs olib boradi. Eron ishtirokidagi guruh o‘yinlarining barchasi AQSh hududida o‘tkaziladi.

Fikrlar