FIFA mundialda O'zbekistonga qarshi o'ynagan terma jamoaga yon bosgani oshkor bo'ldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Kongo Demokratik Respublikasiga terma jamoa safida o‘ynash huquqiga ega bo‘lmagan futbolchini maydonga tushirgani uchun jazo choralari qo‘llamaganı oshkor bo‘ldi.
Bu haqida The New York Times nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, ushbu holat Yamayka terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan qit’alararo pley-off final bahsida qayd etilgan. Manba futbolchining ismini ochiqlamagan, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, o‘yinchi sport fuqaroligini o‘zgartirishga oid hujjatlarda noaniqliklar bo‘lganı uchun Kongo terma jamoasi safida maydonga tushish huquqiga ega bo‘lmagan.
Ta’kidlanishicha, FIFA bu vaziyatdan xabardor bo‘lgan, biroq Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasini musobaqadan chetlatish yoki boshqa sanktsiyalar qo‘llash bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilmagan.
Qit’alararo pley-off finalida kongoliklar Yamayka terma jamoasini qo‘shimcha daqiqalarda 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Jahon chempionatida esa Kongo guruh bosqichining uchinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. bu g‘alaba evaziga guruhda uchinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. 1/16 finalda jamoa Angliya terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Fikrlar