Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

FIFA tomonidan Eldor Shomurodov e’tirof etildi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Shuningdek, u terma jamoa tarixida eng yaxshi to‘puravar hisoblanadi.

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan musobaqaga atalgan posterni e’lon qildi.

E’tiborlisi, ushbu mundial afishasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham joy oldi. Ro‘yxatda turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalardan saralab olingan futbolchilar to‘plangan. Hozirga qadar 42 ta mamlakat AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan chempionatda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Eldor “oq bo‘rilar” safida 83 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 gol va 12 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, u terma jamoa tarixida eng yaxshi to‘puravar hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q