Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

FIFA yetakchi Yevropa klublari bilan kelisha olmayapti

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

2029 yildgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionati FIFA yetakchi evropa klublari bilan kelishuvga erisholmayotgani sababli xavf ostida qoldi.

2029 yilga mo‘ljallangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilishi savol ostida qoldi. Bunga sabab – FIFA yetakchi evropalik klublar bilan musobaqada ishtirok etish borasida hali kelishuvga erisha olmayotgani.

Manbalarga ko‘ra, asosiy klublar bilan kelishuvlar, shuningdek musobaqa taqvimi va formati bo‘yicha aniq yechimsiz turnirni rejalashtirilgan muddatlarda o‘tkazish qiyin. Hozircha chempionatga mezbon davlat rasmiy belgilanmagan. Musobaqani qabul qilishga qiziqish bildirganlar orasida Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Germaniya, Meksika va Angliya tilga olinmoqda. Shu bilan birga, nashrlar eng ehtimoliy nomzod sifatida Qatar yoki AQShni qayd etmoqda.

Turnir o‘tkazilishi va mezbon mamlakat bo‘yicha yakuniy qaror FIFAning milliy assotsiatsiyalar, klublar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan olib borayotgan muzokaralariga bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yildgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 14 iyundan 13 iyulgacha AQShda o‘tkazilgan va unda 32 jamoa ishtirok etgan edi. Musobaqada «Chelsi» g‘olib chiqdi, finalda «Pari Sen‑Jermen»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q