Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Final qachon?

Karim Xudayqulov
Izohlar: 1

Parijga yo‘l oldik, endigi maqsad chempionlik

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Indoneziya - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

68-daqiqada Husayn Norchaev hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada raqib futbolchisi Pratama Arxan o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shuningdek, 84-daqiqada Rizki Ramadani Jasur Jaloliddinovga nisbatan ishlatilgan fol uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. 

Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari Osiyo kubogi finali va Parijga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Osiyo kubogi finaliga yo‘l olgan yigitlarimiz endilikda 3 may kuni Yaponiya - Iroq bellashuvi g‘olibiga qarshi final bahsida maydonga chiqadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q