Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Flik Angliyadan oʻyinchi olib keladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U futbolchi tanlashni biladi

«Tottenxem» jamoasida to‘p surishga kirishgan xavbek Lukas Bergvall hali ham «Barselona» skautlari diqqat markazida qolmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar hozircha yarim himoya chizig‘ini uzoq muddatga mustahkamlash bo‘yicha bir nechta nomzodlarni o‘rganmoqda. Shvetsiya terma jamoasi a’zosi sanalgan Bergvall shu ehtimoliy variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

20 yoshli skandinaviyalik futbolchi 2024 yil yozida «Tottenxem» safiga qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislarining bahosiga ko‘ra, Bergvallning transfer qiymati 40 million yevro atrofida.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q