Flik “Barselona”ning Chempionlar ligasidan chiqib ketganiga munosabat bildirdi

  • 15.04.2026 02:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining Yevropa Chempionlar ligasidan chiqib ketishiga izoh berdi. Kataloniyaliklar chorak finalda “Atletiko Madrid”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (0:2, 2:1) mag‘lub bo‘ldi.

“Biz hafamiz. Bizda juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirishimiz mumkin edi, ammo aksincha gol o‘tkazib yubordik. Shu boisdan ham hafamiz.

Biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. O‘yinni o‘n kishi bo‘lib yakunladik, ammo jamoa juda yaxshi harakat qildi. Bugun ko‘rganlarimni yuqori baholayman. Bizga shunchaki omad yetishmadi. Bunday holatlar bo‘lib turadi, buni qabul qilish kerak.

Bu futbol. Barchasini mayda detallar hal qiladi. Albatta, ayrim jihatlarni yaxshilashimiz kerak, ammo jamoaning mentaliteti va munosabati yuqori darajada bo‘ldi. Yigitlar bor kuchini berdi. Ainan shuni ko‘rishni istaymiz. Ular ajoyib o‘yin o‘tkazdi, ammo natijaga erisha olmadik”, — dedi Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!