Flik g‘alabadan keyin jamoaning “po‘stagini qoqadigan” bo‘ldi

  • 17.08.2025 18:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” La Liganing yangi mavsumi ilk uchrashuvida safarda “Malorka” bilan kuch sinashib, raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p yubordi.

Biroq uchrashuvning  39-daqiqasigacha kataloniyaliklardan ikki futbolchi qizil kartochka olib, maydondan haydaldi.

Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bu borada fikr bildirib, shogirdlarining o‘yini umuman yoqmaganini ta’kidladi.

- Menga o‘yin yoqmadi. Muhim uch ochkoni oldik, lekin o‘yindan umuman qoniqqanim yo‘q. Ikki to‘p bilan oldinda borib, ikkita qizil kartochka ishlab oldik, keyin jamoa o‘z imkoniyatlarining yarmida o‘ynay boshladi. Men bu masalani jamoa bilan yaxshilab gaplashib olaman. Chunki holat menga yoqmadi.

Jamoa to‘pni va uchrashuvning borishini nazorat qilishi shart va shu bilan birga gol ham urishi kerak. Biz to‘qqizta futbolchi bilan to‘liq tarkibga qarshi 50-60 foiz ham o‘ynay olmadik, - dedi Xans-Diter Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!