Flik Germaniyaga qaytdi
U xursand
Kataloniyaning mashhur klubi «Barselona» bosh murabbiyi, nemis mutaxassisi Hans-Diter Flik ijtimoiy tarmoqlarda yangi xabar e’lon qildi. Unda murabbiy o‘z yurtiга qaytganini ma’lum qilgan.
«Bir necha kun Germaniyadaman. A’lo qahva. Dam oldim va yangi yutuqlar uchun tayyorman», – deya yozgan Flik o‘z sahifasida.
Ispaniya chempionatida 12-tur yakunlariga ko‘ra, «Barselona» 33 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniya klubi yaqin ta’qibchi «Real Madrid»dan uch ochkoga oldinda bormoqda.
Kataloniyaliklar navbatdagi uchrashuvni La Liga doirasida o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv yakshanba, 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izohlar (0)