Flik: Kompani juda yaxshi ishlayapti

  • 24.10.2024 08:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasining 3-turida "Barselona" "Bavariya"ni o‘z maydonida qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Xans-Diter Flik o‘zining sobiq jamoasiga qarshi bahsdan keyin ayni paytda myunxenliklarni boshqarayotgan Vinsen Kompani haqida fikrlarini bildirdi. 

"Kompani juda yaxshi ishlayapti. Men ularning futbolini tomosha qilib, maza qildim. Futbolchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni ko‘rishingiz mumkin", - dedi Flik. 

Kompani yozda jamoani qabul qilib oldi. Anyi paytda "Bavariya" Germaniya chempionatida 17 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, klub Bundesliga doirasida hali mag‘lub bo‘lmagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!