Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Flik, shu himoyachini “Barsa”ga ol!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ham arzon, ham mahoratli oʻyinchi ekan

Ispaniya chempionatining oʻrtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Betis” markaziy himoyachisi Natan faoliyatini mamlakatning amaldagi chempioni “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Rojer Torelyo maʼlumotiga koʻra, 25 yoshli braziliyalik futbolchi manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar uning xizmatlarini Kataloniya klubiga taklif etishdi.

Agar “Barselona” bu taklifni qabul qilsa, transfer taxminan 30 million yevroga tushishi mumkin.

Ayni paytda “Barsa”ning asosiy maqsadi “Inter” markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni boʻlib turibdi, ammo Natan qimmat italyalik futbolchiga nisbatan arzonroq variant sifatida koʻrilmoqda.

Natan joriy mavsumda barcha turnirlarda 41 ta oʻyin oʻtkazib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari 1 ta golli uzatma berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q