Flik "Xetafe"ga qarshi bahsdagi Olmoning harakatlarini yuqori baholadi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumkor yarim himoyachi Dani Olmoning "Xetafe"ga qarshi o‘yindagi (3:0) ishtirokini baholadi.
27 yoshli futbolchi uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Aytish joizki, ispaniyalik futbolchi "Barselona"dagi faoliyati davomida birinchi marta bunday natijaga erishdi.
- Jamoamizda 25-27 nafar futbolchi bor - ularning har biri bizga kerak. Men uchun eng muhimi - barcha o‘yinchilar maksimal darajada fidoyilik ko‘rsatishlari lozim va bugun Olmo aynan shunday qildi. Biz undan butun mavsum davomida aynan shunday davomiylikni kutamiz, - dedi germaniyalik murabbiy.



Fikrlar