Flik yangi yulduzga ishonmayapti
Qishki transferlar davrida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan yarim yilga ijaraga olingan portugaliyalik mashhur futbolchi Joau Kanseluning oʻyini “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flikka maʼqul kelmadi.
Germaniyalik mutaxassis faoliyati davomida “Benfika”, “Valensiya”, “Inter”, “Yuventus”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Barselona”ning oʻzida ham oʻynagan 31 yoshli futbolchidan koʻproq narsa kutgan edi.
Jurnalist Xuan Ximenes maʼlumotiga koʻra, portugaliyalik futbolchi murabbiyning kutgan umidlarini oʻqlamayapti. Flikning “Jirona”ga 1:2 hisobida boy berilgan oʻyinda Jerar Martinni maydonga tushirgani uning Joau Kanseluga katta ishonch bildirmayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Joau Kanselu vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartira olmasa, uning Yevropa klublaridagi keyingi faoliyati kutilgan darajada rivojlanmasligi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kanselu Kataloniyaga kelganidan beri La Liga va Ispaniya kubogida beshta oʻyinda maydonga tushib, umumiy hisobda 158 daqiqa oʻynadi xolos.
Fikrlar