Florentino Peres “Real”ga aynan shu murabbiy kelishini orzu qilayapti
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres tajribali mutaxassis Yurgen Kloppni jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni orzu qilayapti. Bu haqida Footmercato nashri jurnalisti Santi Auna xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar rahbari germaniyalik murabbiyni “Qirollik klubi”ga kelishga ko‘ndirish uchun harakat qilib ko‘radi.
Yurgen Klopp murabbiy sifatida dastlab, Germaniyadagi “Maynts” klubida ishlagan. Biroq u Dortmundning “Borussiya” jamoasini boshqargan davrida shuhrat qozongan.
2016–2024 yillar oralig‘ida esa, Klopp “Liverpul”ni muvaffaqiyatli boshqargan. Angliya klubi bilan Angliya Premier-ligasida g‘alaba qozongan, UEFA Chempionlar ligasi, milliy kuboklar hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.
Ayni paytda Yurgen Klopp bosh murabbiylik ishidan chekingan va futbol sohasida boshqaruv yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda.
Fikrlar