Asosiy mazmunga oʻtish

Avto/Moto

Formula-1 saralash bosqochiga oʻzgartirish kiritildi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Saralashning hal qiluvchi qismining davomiyligi ham uzaytirildi

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Formula-1 musobaqasining 2026 yilgı mavsumi uchun saralash formatiga oʻzgartirishlar kiritdi. Tuzatish pelotonnıng kengayishi bilan bogʻliq: chempionatga 11-jamoa - "Kadillak" kirdi.

Yangilangan reglamentga koʻra, endi 1- va 2-chorak yakunlariga koʻra, eng yomon vaqt koʻrsatgan besh emas, olti nafar poygachi saralashni tark etadi. Shu bilan birga, Q3 final segmentida avvalgidek 10 nafar haydovchi ishtirok etadi.

Shuningdek, saralashning hal qiluvchi qismining davomiyligi ham uzaytirildi: endilikda 12 daqiqa oʻrniga 13 daqiqa davom etadi. Q2 va Q3 oʻrtasidagi tanaffus sakkiz daqiqadan yetti daqiqagacha qisqartirildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q