Frantsiya 7-marta yarim finalga chiqdi
Frantsiya chorak finalda Angliyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Terma jamoa o‘z tarixida ettinchi marta yarim 1/2’ final bosqichiga chiqdi. 1982/1986 yillardan beri ketma ket 2 ta jahon chempionatida yarim finalgacha etib borgan birinchi jamoaga aylandi.
Angliya esa ushbu mundialda 13 ta gol urib, o‘z tarixida bitta yirik turnirda eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi.
Frantsiya 2022 yilgi jahon chempionatida bosh bilan 4 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Faqat 1998 yilgi turnirdagi tarkib bosh bilan shuncha gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar