"Freestyle Chess" Jahon chempionati: Karlsen va Karuana finalda!
"Freestyle Chess" bo‘yicha jahon chempionatida finalchilar nomi aniq bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda Magnus Karlsen va Fabiano Karuana o‘zaro kuch sinashadi.
Karlsen yarim finalda Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etdi. Dastlabki ikki partiya teng va keskin kurash ostida o‘tgan bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi partiyalarda norvegiyalik grossmeyster ustunlik qildi. Uchinchi partiyada Abdusattorov yaxshi pozitsiyaga ega edi, ammo bir yurishlik xatodan so‘ng mag‘lubiyatga uchradi va hisobni tenglashtira olmadi. Karlsen uchun bu Fisher shohmati bo‘yicha rasmiy jahon chempionatlaridagi ikkinchi final — u 2019 yildagi turnirda Uesli Soga qarshi o‘ynagan edi.
Ikkinchi yarim finalda Karuana amaldagi Vaysenxaus turniri g‘olibi Vinsent Keymerni mag‘lub etdi. Boshqa bahslarda Javohir Sindarov Arjun Erigaysiga yutqazdi, Levon Aronyan esa Hans Nimmanga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, beshinchi o‘rin uchun Erigaysi va Nimmann, yettinchi o‘rin uchun Sindarov va Aronyan bahs olib boradi. Uchinchi o‘rin uchun esa Abdusattorov va Keymer to‘qnash keladi.
Fikrlar