Frenk Lempard London klubini boshqarishi mumkin

  • 19.09.2025 19:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi sobiq sardori Frenk Lempard iste’foga chiqishi kutilayotgan Grem Potter o‘rniga "Vest Xem" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"Vest Xem" klubi muvaffaqiyatsiz o‘yinlar sabab bosh murabbiy Grem Potterni o‘z vazifasidan ozod qilib, uning o‘rniga hozirda "Koventri Siti" klubini boshqarayotgan Frenk Lempardni olib kelishi mumkin. "Football Insider" xabariga ko‘ra, Lempard Chempionship klubidagi faoliyatidan mamnun. Biroq Premer-liga klubidan taklif kelib tushsa, muzokara o‘tkazishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik sobiq yarim himoyachi futbolchilik faoliyatini aynan "Vest Xem"da boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!