Futbolchilarimizning narxi oshmoqda!

  • 6 sentabr, 2020, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Coca-Cola Superliga musobaqasining birinchi davrasi yakunlandi. Hatto xalqaro maydonlardagi bellashuvlarga tayyorlanayotgan amaldagi chempioni “Paxtakor” imkoniyatdan foydalanib,  ikkinchi davraning birinchi uchrashuvini ham o‘tkazib oldi. Albatta, chempionat karvoni pandemiya tufayli bir necha majburiy to‘xtalishlar bilan bo‘lsa-da, birinchi davrani muvaffaqiyatli yakunlab olgani quvonarli. Amalda chempionlik, sovrinli o‘rinlar va ligada qolish uchun kurashadigan jamoalar tobora saralanib bormoqda.

Sports.uz sayti Coca-Cola Superliga o‘yinlari oldidan chempionatimizda to‘p surayotgan eng qimmat futbolchilar haqida ma’lumot berishga qaror qildi. Maqolaga transfer masalalarida butun dunyo klublari foydalanadigan transfermarkt portalining futbolchilarning narxlarini yangilagan ma’lumotlari asos qilib olindi.

Mazkur sayt ma’lumotlariga qaraganda, milliy chempionatimiz yuqori divizionida o‘ynayotgan futbolchilarning umumiy transfer summasi 77,18 million evroni tashkil qilmoqda. Bu summa pandemiya davrida oz bo‘lsa-da, qariyb 4 million evroga ko‘tarilganini ko‘rishimiz mumkin.

Eng qimmat futbolchilar ro‘yxatida “Paxtakor” yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov etakchilik qilmoqda. Transfer ma’lumotlari portalida Jaloliddinning narxi 1,40 million evrodan 1,80 millionga oshdi. Bu 26 yoshli futbolchining transfer narxi faoliyatida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichga etdi.

8addf7b84cdd7d8ff85d8a897e5f8bdb

“Paxtakor”ning haqiqiy pleymeykeriga aylanib olgan futbolchimiz xorijda to‘p surishni orzu qiladi. Yilning birinchi yarmida unga Turkiyaning “Trabzonspor”idan taklif bo‘lgandi. O‘yinchini o‘zida saqlab qolish maqsadida “Paxtakor” bu so‘rovga jiddiy e’tibor qaratmadi. Darhaqiqat, Osiyo chempionlar ligasida “Paxtakor”ning muvaffaqiyatli ishtirok etishi aynan  Masharipovning o‘yiniga bog‘liqligi ham sir emas.

O‘zbekiston milliy terma jamoasida 28 ta o‘yinda 2 ta gol urgan Jaloliddin Masharipov joriy mavsumda “sherlar” safida 2 ta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.

Chempionatimizning eng qimmat o‘yinchilaridan biri – “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeevning avvalgi narxiga yana 200 ming qo‘shilib, hozirgi summasi 1,50 million evroga baholanmoqda. Milliy terma jamoa safida 51 ta o‘yinda 15 ta gol urgan futbolchining eng baland transfer narxi bundan to‘rt yil oldin 2 million evrogacha chiqqan edi. Sergeev milliy chempionatda yana to‘purarlik mahoratini namoyish etmoqda. U bu yilgi chempionatda raqiblar darvozasiga jami 11 ta to‘p kiritib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bormoqda.

214445_680

“Paxtakor”ning iste’dodli yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovning  transfer summasi 725 mingdan 900 ming evroga ko‘tarildi va u eng qimmat futbolchilarimiz orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. U bu yilgi Superliga bahslarida raqiblar darvozasiga to‘rt marta yo‘l topa oldi. 

O-oF4w9hJrK2hQ0pMkDe5UgE6zWvK06K

Keyingi yillarda “Paxtakor”ga katta foyda keltirayotgan serbiyalik hujumchi Dragan Cheranning o‘yini tobora ochilib borayotganiga qaramay, transfer summasi pasaymoqda. Bu uning yoshi o‘tib borayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumin.

Aslida Cheranning faoliyati davomida eng baland narxi 1,2 million evro bo‘lgan. Hozircha pasayish davom etmoqda. U o‘tgan reytingdagi summadan 100 ming evroga arzonlashdi va bugungi kunda 850 ming evroni tashkil qilmoqda. Shu sabab, Dragan kuchli uchlikdagi o‘rnini jamoadoshi Dostonbek Hamdamovga bo‘shatib berdi.

4283e5ba1dc52017131dcbe4c19c8253_1

Lekin Cheranning natijalari yuqoriga qarab o‘sib borayotganini alohida ta’kidlash kerak. Tajribali hujumchi “Paxtakor” gollaridan 13 tasiga mualliflik qildi va to‘purarlar o‘rtasida peshqadamlik qilmoqda.

Shuningdek, “Paxtakor”ning muvaffaqiyatli o‘yinlari ta’sirida Odil Hamrobekov va Farrux Sayfievning transfer summasi 750 ming evroga, Egor Krimets, Sardor Sobirxo‘jaev, Hojiakbar Alijonov  hamda darvozabon Eldor Suyunovning narxi 700 ming evrogacha ko‘tarildi.

“Navbahor”ning eng qimmat futbolchisi Igor Golban va AGMK legioneri Yovan Jokichning ham transfer narxi bugungi kunda ijobiy tomonga o‘zgarib, 700 ming evroni tashkil qilyapti.

golban_krimes21

Narxi pasayib ketgan futbolchilar orasida Temurxo‘ja Abduxoliqovni ko‘rsatish mumkin. O‘tgan reytingda transfer summasi bo‘yicha kuchli uchlikka da’vogar bo‘lgan markaziy hujumchining narxi 250 ming evroga arzonlab, ayni paytda 700 mingga to‘g‘ri kelmoqda.

abduxoliqov-temurxoja

Evropa futbolida professional darajada o‘ynagan Eren Derdiyokning transfer summasi ham ko‘pchilikni qiziqtirayotgan bo‘lishi tabiiy. O‘z vaqtida Shveytsariya, Germaniya va Turkiyaning turli jamoalari to‘p surgan va transfer summasi 10 million evroga etgan hujumchining xizmatlari bugungi kunda transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 400 ming evroga baholanmoqda. Eren bu yil “Paxtakor” uchun ettita gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
05/09/2020 01:37
bir tynli
Кахрамонжон Сафаров
03/09/2020 11:25
Ыеранни бошлангич нархи мен учун 1 пачка Кент сигарети , ПФЛ катта холасидан ортиб колган пулларни сочаверсин , шу крахаборларни урнига Узбекистоннинг Футбол академияси ва интернатларини тугатиб каерга боришини билмай юрган болаларни тугри йулга чикариб куйилса хам арзон хам Ватани учун жонини жаборга бериб уйнаб 100 Черанга дам беради ,хеч булмаса келажак учун фойдаси булади бу келгинди грузин ,словянлар эртага пулни олиб кетади узимизни йигитлар эса шу ерда колади илтимос Узбекни пулини худа-бехуда сочаверманглар хали жавоби хам бор ПФЛллл