Futbolga yangi qoida kiritildi

  • 01.03.2025 19:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbolda darvozabonning to‘pni ushlab turishiga oid yangi qoida joriy etiladi.

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Kengashi (IFAB) yangi qoidani tasdiqladi. Unga ko‘ra, agar darvozabon to‘pni 8 soniyadan ortiq ushlab tursa, hakam raqib jamoa foydasiga burchak zarbasini belgilaydi.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, bunday vaziyatda hakam erkin zarba tayinlashi mumkin, ammo bu qoida amalda juda kam qo‘llanilgan.

Yangi qoida 2025/26-yilgi mavsumdan boshlab kuchga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!