Futzal bo‘yicha Osiyo kubogining "A" guruhida birinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining "A" guruhida dastlabki tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Guruhning ilk bahsida Iroq terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi futzalchilari bilan bellashdi. Yakunda esa iroqliklar 4:2 hisobida zafar quchib 3 ochkoga ega chiqdi. Kunning so‘ngi o‘yinida esa mezbon Indoneziya Janubiy Koreya vakillari bilan parketga chiqdi. O‘yinda to‘liq ustunlikni qo‘lga olgan mezbonlar yirik 5:0 hisobida raqibdan ustun kelib, guruh peshqadamligini qo‘lga oldi.
Ilk uchrashuvlardan so‘ng, Indoneziya birinchi, Iroq esa ikkinchi o‘rinni egalab turibdi.
Fikrlar