
Futzal milliy terma jamoamizdan noxush xabar!
Osiyo kubogi oldidan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibda yo‘qotish. Terma jamoamizning asosiy darvozaboni Ravshan Eliboev Qozog‘istonga qarshi bahsda kichik jarohat olgan edi. Tailanddagi tayyorgarlik jarayonida ushbu jarohat darvozabonimizni yana bezovta qildi. O‘tkazilgan chuqur tekshiruvlar natijasida va jamoa shifokorlarining tavsiyasiga ko‘ra Eliboev ushbu turnirda maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Osiyo kubogi qaydnomasida uning o‘rnini Sunnatjon Anvarov egallaydi. Bu haqida O‘FA xabar berdi.
Fikrlar