Futzal, OCh–2018. Vetnam – O‘zbekiston. Tarkiblar

  • 8 fevral, 2018, 14:24
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 8 fevral kuni chorak final uchrashuvini o‘tkazadi. Bahodir Ahmedov shogirdlariga Vetnam futzalchilari qarshilik qiladi.

Mazkur uchrashuv Xinzhuang Gymnasium sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Nominal mezbon sifatida maydonga tushadigan Vetnam oq rangli formalarni tanladi. O‘zbekiston termasi bugun ko‘k liboslarda harakat qiladi.

Vetnam – O‘zbekiston bellashuvi g‘olibi yarim finalda Eron – Tailand juftligida zafar quchgan jamoa bilan o‘ynaydi.

Ayni paytda O‘zbekistonning Vetnamga qarshi tarkibi ma’lum:

16:00. Vetnam - O‘zbekiston 

O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov ("Ardus"), 7.Dilshod Rahmatov ("Dalian Puan", Xitoy), 8.Farhod Abdumavlonov ("Olmaliq"), 11.Artur Yunusov ("Lokomotiv"), 14.Konstantin Sviridov ("Olmaliq").

Zaxira: 12.Akmal Hazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 10.Davron Choriev, 9.Davron Abdurahmonov, 4.Ixtiyor Ropiev, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod Shavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov.

Eslatib o‘tamiz, Vetnam va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokidagi chorak final bahsi bugun, Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!