
Futzal. Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Iroq bilan o‘ynaydi
Bugun futzal bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqich 2-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Iroq bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 19:00da "Bangkok arena"da start oladi. Termamiz ishtirokidagi mazkur bellashuvni "Sport" kanali orqali jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.
Uchrashuvini bahraynlik referi Husayn Ali Al-Bahhar boshqarib boradi. Unga ikkinchi hakam sifatida tailandlik Benjapol Mucharoensap yordam beradi. Uchinchi hakam vazifasi kuvaytlik Abdulaziz Al-Sarrafga topshirilgan bo‘lsa, vetnamlik Truong Kuok Dung vaqtga mas’ul hakam sifatida faoliyat yuritadi.
Ma’lumot uchun, birinchi turda vakillarimiz 3:1 hisobida zafar quchgan edi.
Fikrlar