Fyuri: "Avval Ngannu, undan keyin Usik!"
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri ayni vaqtda Aleksandr Usik bilan jang haqida o‘ylamasligini aytdi.
"Men Ngannuni birinchi raundda nokautga uchratishga harakat qilaman.
Usik? Hozir u haqida o‘ylashni vaqti emas. Chunki ayni damda Ngannuga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rishim kerak. Frensisdan so‘ng, albatta, Usik.
Ngannuga qarshi jangga tayyorgarlik deyarli 12 hafta davom etdi. Men odatda uncha ko‘p vatq mashg‘ulot o‘tkazmayman. Anchadan beri shug‘ullunmagan edim. Lekin 4 hafta ichida "keto dieta"si sabab 70 kg vazn yo‘qotgandek bo‘ldim", - Tayson Fyuri.
Fikrlar