Gallaxer Madrid klubi radarida

  • 9 iyul, 2024, 13:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Madrid" klubi o‘z yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun transferlar oynasida ancha faol. Jamoa rahbariyati uchun "Chelsi" futbolchisi Konor Gallaxer asosiy variant.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Madrid klubi futbolchi uchun jiddiy xaridor. Transfermarkt yarim himoyachining narxini 50 million evroga baholagan. 

Gallaxer "Chelsi" tarkibida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etdi. Shu sabab, "aristokratlar" futbolchining ketishiga qarshi emas.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!