Gavi: "Men uchun eng baxtli kun"
Ispaniyalik futbolchi "Barsa" bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng fikrlarini bildirdi.
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi klub bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng fikrlarini bildirdi. 20 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar" bilan 2030 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma imzoladi.
"Barsa"da o‘ynashda davom etayotganimdan juda xursandman va bu erda yana ko‘p yillar o‘tkazishga umid qilaman. "Bu men uchun eng baxtli kun", - deya yosh ispaniyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi "Managing Barca" nashri.
Ma’lumot uchun, Gavi Kataloniya grandining asosiy jamoasida 131 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Yakshanba kuni "Barselona" La Liganing 22-turi doirasida o‘z maydonida "Alaves"ga qarshi bahs olib boradi.
Izohlar (0)