Gazini bos, Shomurodov!

  • 16.06.2022 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” kelasi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi, Italiya kubogi va Evropa ligasi  g‘olibligi uchun kurashadi va jarayonda eng ko‘p bosim hujum chizig‘iga tushadi. Buni inobatga olgan Joze Mourino  jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassis kelasi mavsum oldidan oldingi chiziqda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, kimlar qolishi, kimga qanday vazifa yuklatilishi borasida bir qarorga kelib bo‘lgan.

Unga ko‘ra, jamoa to‘purari Temmi Abraxam kamida yana bir mavsum “Roma”ning asosiy hujumchisi sifatida to‘p tepadi. Angliyalik futbolchiga o‘z yurtining katta klublari og‘iz solayotgan bo‘lsa-da, “Roma” asosiy to‘purari bilan xayrlashmoqchi emas.

Abraxam nazvan luchshim igrokom mesyatsa v Serii A ⊕ Novosti futbola na  Footballhd.ru

Mourino qaroriga ko‘ra, o‘ng qanot hujumchisi vazifasini bajarib kelgan “Barselona” tarbiyalanuvchisi Karles Peresga yoz ichi boshqa klub topib beriladi. Uning o‘rnini Konferentsiyalar ligasida rimliklarni xafa qilish orqali Mourino e’tiborini qozongan “Budyo-Glimt” hujumchis Ola Solbakken egallashi hal qilingan masala hisoblanadi.

Mourino chap qanotda Eldor Shomurodovni olib qolishga qaror qilgani haqida xabar berilgan. Shomurodovning hujum markazida o‘ynay olish qobiliyati ham uni jamoada ushlab turibdi. Chunki Mourino Temmi Abraxamga munosib sherik topa olmayapti. Joze kutgan Paulo Dibala “Inter”ni tanlagani aytilmoqda. Yana bir nomzod – “Napoli” to‘purari Dris Mertens bor. Belgiyalik o‘yinchi ham Rimga kelishga shoshilmayapti va o‘ziga bundanda qudratliroq klub og‘iz solishini kutishni ma’qul ko‘rdi.

Qolaversa, Mertens 35 yoshni qarshilagani unga uzoq muddat tayanib bo‘lmasligini bildiradi. Dris Ronaldu emas va yana ikki mavsum davomida to‘purarlik qobiliyatini saqlab qolishiga hes kim kafolat bermaydi.

Portugaliyalik murabbiyning xayollari bir chetida Shomurodovdan ikkinchi markaziy hujumchi yoki Temmi Abraxamning o‘rnida foydalanish varianti ham aylanmoqda. Shu bois, Joze sport direktori Tyagu Pintodan chap qanotga hujumchi olishni uqtirdi. Nomzod ham tayyor. Rimliklar Shomurodovga raqobatchi va o‘rinbosar sifatida “Shtutgart”dan serbiyalik hujumchi Sasha Kalayjichni olib kelmoqchi.

Bu 24 yoshli futbolchining bo‘yi ikki metrni tashkil qilgani bois “ikkinchi qavatda” yaxshi o‘ynaydi va jismonan baquvvatligi bilan yakkakurashlarda ustunlik qila oladi. Mavsumda 15 ta o‘yinda oltita gol urgani ham to‘purarlik qobiliyati borligini ko‘rsatmoqda.

Kalaydjich vosxitilsya svoim golom v vorota sbornoy Italii – novosti |  TeleSport – besplatnye pryamye onlayn translyatsii / TELESPORT

Mourino oldida shartnomasi tugab, “Inter”ga o‘tib ketgan Genrix Mxitaryan o‘rnini to‘ldirish vazifasi turibdi. Armanistonlik o‘yinchi “bo‘rilar”ning hujumkorligini ta’minlab kelayotgan edi. Mxitaryan bir necha pozitsiyada o‘ynay olishi va muhim gollarni kiritish qobiliyati bilan Mourinoga katta yordam berdi.

Kelasi mavsumda bu ishlarni Lorentso Pellegrini bajarishi hozirdan ma’lum. Lekin mavsum uzoq, o‘yin ko‘p. Pellegrini o‘tgan mavsumda ham jarohatlari tufayli safdan chiqqan paytlar bo‘ldi. Shuning uchun ham “Roma” mutasaddilari  jamoa hujumkorligini ta’minlashga qodir pleymeyker qidirmoqda.

Bu pozitsiyaga “Lion” futbolchisi Ussem Auar juda mos tushadi. U xuddi Genrix Mxitaryandek bir necha pozitsiyani yopa oladi. Gollim pas uzatish va o‘zi darvozani ishg‘ol qilish borasida o‘zini ko‘rsatib kelyapti. “Roma” sport direktoiri Tyagu Pinto o‘tgan mavsum 45 ta o‘yinda sakkizta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘lgan 23 yoshli o‘yinchini olish harakatlarini boshlab yuborgan.

Shomurodovga raqobatni boy bergan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini egallaydi!

To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!