Germaniya terma jamoasi yigʻinida zaharli ilon paydo boʻldi
Germaniya milliy terma jamoasi futbolchilari "JCh-2026" vaqtiда kutilmagan holatga duch kelishdi.
Yarim himoyachi Yozua Kimmihning maʼlum qilishicha, jamoa AQSHning Uinston-Seylem shahridagi yigʻini vaqtiда zaharli ilonni koʻrib qolgan.
“Bizga uning zaharli ekanini aytishdi. Agar chaqib olsa, shifoxonaga borishga toʻgʻri keladi. Oʻlimga olib kelmasligi mumkin, ammo baribir xavfli”, — dedi Kimmih.
Maʼlum qilinishicha, gap AQSHda keng tarqalgan misbosh qalqontumshuq (copperhead) turidagi ilon haqida ketmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Germaniya terma jamoasi "JCh-2026"dagi ilk bahsida Kyurasao ni 7:1 hisobida magʻlub etib, “E” guruhida peshqadamga aylangan. Keyingi uchrashuv 21 iyun kuni Kot-d’Ivuarga qarshi boʻlib oʻtadi.

Fikrlar